Bugun Yaxshiboev va Umarovning jamoasi o‘ynaydi. Raqib jamoa a’zolarida koronavirus aniqlangan

  • 23 may, 2020, 10:16
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Belarus chempionatida 10-tur o‘yinlari davom ettiriladi. Hamyurtlarimiz Jasur Yaxshiboev hamda Shahboz Umarov faoliyat olib boradigan "Energetik-BGU" klubi bu tur "Isloch" jamoasi mehmoni bo‘ladi.

Tecno

Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da boshlanadigan uchrashuvni "Match Futbol 1" telekanali jonli efirda namoyish etadi. 

Qayd etish joiz, bundan bir muddat ilgari Belarus OAVda "Isloch" jamoasi a’zolaridan koronavirus infektsiyasi aniqlangani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. "Pressbol"ning yozishicha, jamoa massachisi, asosiy jamoaning zaxira darvozaboni va yoshlar jamoasining darvozabonida COVID-19 aniqlangan.

Belarus chempionati. 10-tur

20:30 "Isloch" - "Energetik-BGU" | "Match Futbol 1" (Rossiya), "Sport 1" (Ukraina)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!