Bugun Yaxshiboev va Umarovning jamoasi o‘ynaydi. Raqib jiddiy
Bugun Belarus chempionatida 8-tur o‘yinlari start oladi. Hamyurtlarimiz Jasur Yaxshiboev hamda Shahboz Umarov faoliyat olib boradigan "Energetik-BGU" klubi bu tur safarda "Slutsk" jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
Qayd etish joiz, "Slutsk" joriy yilgi mavsumni ko‘tarinki ruhda o‘tkazmoqda va 16 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. 12 ochkoga ega "talabalar" esa 4-pog‘onadan joy olishgan.
Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadigan mazkur bellashuv onlayn translyatsiyasini o‘yin boshlanishiga 30 daqiqa qolganida saytimiz orqali havola etamiz.
19:00 "Slutsk" - "Energetik-BGU" | "Sport 1" (Ukraina), "Match TV", "Match Futbol 1".
Fikrlar