Bugundan Italiya chempionatida 15-turt boshlanadi. "Roma" qachon va qaysi jamoaga qarshi o‘ynaydi?

  • 30.11.2021 18:05
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugundan Italiya chempionatida 15-tur bahslari start oladi. Tur bellashuvlari 2 dekabrgacha davom etadi.

30 noyabr kuni 4 ta o‘yin bo‘lib o‘tadi. Biz uchun ahamiyatlisi "Roma" ishtirokidagi uchrashuv ertaga bo‘lib o‘tadi. Rimliklar safarda "Bolonya" bilan kuch sinashadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 22:30da boshlanadi.

Quyida A Seriya 15-turidan o‘rin olgan o‘yinlar va ularning boshlanish vaqtlari (Toshkent vaqti) bilan tanishing:

30 noyabr

22:30. Atalanta - Venetsiya

22:30. Fiorentina - Sampdoriya

00:45. Salernitana - Yuventus

00:45. Verona - Kalyari

1 dekabr

22:30. Bolonya - Roma

22:30. Inter - Spetsiya

00:45. Jenoa - Milan

00:45. Sassuolo - Napoli

2 dekabr

22:30. Torino - Empoli

00:45. Latsio - Udineze

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!