Bugunga belgilangan "Qo‘qon-1912" va "Metallurg" o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazilmaydi

  • 26 fevral, 2021, 10:22
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun "Qo‘qon-1912" hamda "Metallurg" jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan o‘rtoqlik o‘yini har ikki tomonning kelishuviga asosan bekor qilindi. Bu haqda qo‘qonliklar matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Bunga sabab yomon ob-havo tufayli futbol maydonlarining yaroqsiz holga kelib qolganidir. Bunday hollarda futbolchilar jaroxatlanishi mumkin. Murabbiylar yangi mavsum oldidan futbolchilar jarohat orttirib olmasliklarini o‘ylab shunday qarorga kelishdi.

"Qo‘qon-1912" jamoasi bugun Toshkent shahrida o‘z mashg‘ulotlarini davom ettiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!