Bugungi “Gubernator kubogi"da ringga ko‘tariluvchi bokschilarimiz jangini jonli tarzda tomosha qiling!
Bugun, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida nufuzli “Gubernator kubogi" start oladi. Mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etmoqda.
Kun davomida ikki nafar bokschimiz - Mirazizbek Mirzaxalilov (-57 kg) va Fanat Qahramonov (-75 kg) ringga ko‘tarilishi kutilmoqda.
-57 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov - Muhammed Hassamuddin (Hindiston) (taxminiy boshlanish vaqti: 18:15)
-75 kg: Fanat Qahramonov - Vitaliy Bondarenko (Belarus) (taxminiy boshlanish vaqti: 21:40 dan so‘ng)
(Boshlanish vaqtlari Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan)
Ushbu janglarni bevosita jonli tarzda quyidagi link orqali tomosha qilish imkoniyatiga egasiz.
O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar