
Bunaqasi bo‘lmagan! "Real Madrid"dan daxshatli statistika
Ispaniya chempionatining 8-turidan o‘rin olgan uchrashuvda “Real” “Xetafe”ni mag‘lub etdi - 1:0. "Qirollik klubi" o‘yindagi yagona golni birinchi taym boshida, aniqrog‘i 4-daqiqada kiritdi. Shu tariqa, tanaffusga peshqadam sifatida yo‘l olgan “Real” o‘yin oxirigacha ustunlikni saqlab qoldi va ajoyib statistikani qayd etdi. Ma’lum bo‘lishicha, bu bahs Anchelotti shogirdlari uchun tanaffusga peshqadam sifatida chiqib, kerakli natijaga erishgan La Ligadagi 52-uchrashuvga aylandi.
Madridliklar oxirgi marta 2019 yilning fevralida dastlabki taym tanaffusiga g‘olib sifatida chiqib, yakunda mag‘lub bo‘lgan edi (“Jirona”ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berilgan). O‘shandan keyin klub 52 uchrashuvning faqat to‘rttasida durang qayd etilgan bo‘lsa, 48 tasida g‘alaba qozongan.
Ma’lumot o‘rnida, Ispaniya chempionatining navbatdagi turida “Real” “Barselona”ga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar