
Bundesligaga yo‘l olgan ikkinchi klub nomi ham bo‘ldi
Germaniya chempionati ikkinchi divizioni so‘nggi turida "Shtutgart" "Darmshtadt" mehmoni bo‘lib, 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Ushbu mag‘lubiyatga qaramay "qizil oqlar" turnir jadvalini ikkinchi o‘rinda yakunlab, yangi mavsumda yuqori divizionga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa, "Shtutgart" qo‘yi divizionda o‘tkazilgan bir mavsumdan so‘ng elitaga qaytadigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, bungacha "Arminiya" klubi birinchi divizion yo‘llanmasini muddatidan avval naqd qilgan edi.
Fikrlar