
Bundesliganing eng zo‘r o‘yinchisi kim bo‘ldi?
Joriy mavsumda Germaniya chempionati tarixiy voqealarga boy bo‘ldi. Leverkuzenning “Bayer” jamoasi o‘z tarixida ilk bor mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi.
“Bavariya”ning uzoq yillik gegemonligiga barham bergan “dorishunoslar” chempionatni mag‘lubiyatsiz yakunladi.
Hali Bundesliga tarixida hech bir jamoa bunday mag‘lubiyatsiz seriya qayd etmagandi. Evropa kuchli beshliklarida esa, faqatgina “Arsenal” va “Yuventus” bir martadan mavsumni mag‘lubiyatsiz tugatgan.
Germaniya chempionatining rasmiy sayti Bundesliganing yakunlangan mavsumdagi eng zo‘r o‘yinchisi nomini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, “Bayer”ning 21 yoshli hujumkor futbolchisi Florian Virts chempionat qahramoni sifatida e’tirof etildi.
Virts chempionatda 32 marotaba maydonga tushib, 11 tadan gol va assist muallifi bo‘ldi.
Ayni paytda Evropaning bir necha grand klublari yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Florianning leverkuzenliklar bilan shartnomasi 2027 yilning yarmigacha tuzilgan. Futbol 110 million evroga bahalanyapti.
Fikrlar