Bunga nima deysiz? Sebastyan Fundora revansh jangini o‘tkazish uchun kamaridan voz kechdi

  • 30 aprel, 14:55
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
BEPUL PROPAN

Amerikalik bokschi Sebastyan Fundora (22-1-1, 14 KO) o‘zining WBO chempionlik kamaridan voz kechdi. Endi u avstraliyalik Timofey Tszyu(25-2, 18 KO)ga qarshi revansh o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda "Boxing Scene" xabar berdi.

"Hamma bu jangni ko‘rishni xohlaydi. Sezyapman, yana qon to‘kilishi aniq. Biz bu bahsni 19 iyulda Las-Vegasda o‘tkazishimiz mumkin" - dedi Fundoraning promouteri Sampson Levkovich.

Eslatib o‘tamiz, Fundora va Tszyu o‘rtasidagi birinchi jangda Sebastyan ochkolar evaziga g‘alaba qozongandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!