
"Bunyodkor" himoyani kuchaytirish uchun ikki nafar futbolchi bilan shartnoma imzoladi
“Bunyodkor” klubi yozgi transfer vaqtida selektsiya ishlarini faol olib boryapti. Hozircha “Qaldirg‘ochlar” o‘z safiga ikki nafar futbolchini qo‘shib oldilar.
Yaqinda “Qizilqum”ni tark etgan Shahboz Jo‘rabekov “Bunyodkor” a’zosiga aylandi. Futbolchi mavsum oxiriga qadar shartnoma imzoladi. Bu xabarni Jo‘rabekov Sports.uz jurnalistiga tasdiqladi.
Shuningdek, Bangladesh chempionatida to‘p surgan va yaqinda yurtimizga qaytib kelgan himoyachi Bobur Yo‘ldoshev ham “Bunyodkor” bilan shartnoma tuzdi. Ko‘rinib turibdiki, klub bu orqali zaiflashib qolgan himoya chizig‘ini mustahkamlamoqchi.
Ma’lumot uchun, birinchi davrada "Bunyodkor" o‘z darvozasidan eng ko‘p - 24 ta to‘p o‘tkazib yubordi.
Fikrlar