«Bunyodkor» murabbiyi: «Nafaqat guruhdan chiqish, balki sovrindorlar qatoridan joy olishga harakat qilamiz»

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Bunyodkor» bugun «Hokim Kubogi»ning 3-tur doirasida «Neftchi-2»ga qarshi maydonga chiqadi. Guruh peshqadamligidan tashqari, chorak final yo‘llanmasini taqdim qiladigan bellashuv oldidan jamoa murabbiyi Marat Miftaxuddinov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

"Nima ham derdim, «Neftchi-2»ga qarshi uchrashuvga etarlicha tayyogarlik ko‘rdik. Avval ham aytganimdek, nafaqat musobaqaga mavsumga ham tayyorgarlikni davom ettiryapmiz. Bugun ham reja asosida ikki mahal shug‘ullandik. Albatta ertaga maydonga faqat g‘alaba uchun chiqamiz. Guruhdan chiqish imkoniyatimiz bor ekan, kurashni davom ettiramiz. Nafaqat guruhdan chiqish, balki sovrindorlar qatoridan joy olishga harakat qilamiz.

«Turon-2» biz bilan o‘yinga aralash tarkibni maydonga tushirgandi. Ertaga «Neftchi-2»da ham tajribali futbolchilarni ko‘rsak ajab emas. Odatda musobaqalarda so‘nggi tur o‘yinlari bir vaqtda o‘tkazilardi. «Hokim Kubogi»da bunga guvoh bo‘lmayapmiz. To‘g‘ri, ertaga biz «Navbahor farm»ning natijasini bilgan holda maydonga chiqamiz, ammo bellashuvlar bir vaqtda boshlansa uchrashuvga bo‘lgan qiziqish yanada ortadi", -deya murabbiy so‘zlarini keltirmoqda "qaldirg‘ochlar" matbuot xizmati. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!