
"Bunyodkor" murabbiylar shtabida italiyalik mutaxassislar ish boshladi
Xabaringiz bor, "Bunyodkor" jamoasi Antaliyada yig‘inga kirishadi. Klub murabbiylar shtabida italiyalik mutaxassislar ish boshladi. Bu haqda "qaldirg‘ochlar" matbuoti xabar berdi.
"Ertaga qishki o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazish uchun Turkiyaning Antaliya shahriga uchib ketadigan bosh jamoamiz murabbiylar shtabida italiyalik mutaxassislar ish boshladi.
Jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy Alessandro Spinoglio muxlislarimizga yaxshi tanish. Mutaxassis o‘tgan mavsumning ikkinchi qismidan boshlab "Bunyodkor"da faoliyat yuritib keladi. Murabbiyning yarim yillik faoliyati rahbariyat va bosh murabbiyga ma’qul keldi va shu bois u bilan tuzilgan shartnoma o‘zaro kelishuvga ko‘ra uzaytirildi.
Shuningdek, Karlo Alberto Bertone va Andres Karlo Moauro ham faoliyatini jamoamiz bilan bog‘ladi. Karlo Alberto tahlilchi vazifasini bajarsa, Andres Moauro futbolchilarning jismoniy tayyorgarligiga javob beradi. Spinogliodan farqli ravishda Moauro futbolchilar bilan yakka tartibda shug‘ullanadi", - deyiladi xabarda.
Fikrlar