
"Bunyodkor" uzoq kutilgan g‘alabasiga qanday erishdi?
Superliganing 15-turindan o‘rin olgan “Bunyodkor” hamda “Andijon” jamoalari o‘rtasidagi bellashuv “Paxtakor-79” jamoasi xotirasi uchun bir daqiqalik sukut saqlash bilan boshlandi.
Albatta, “Burgutlar” ushbu o‘yinda ijobiy natijaga erishish maqsadida maydonga tushishgandi. Biroq futbolda har doim ham o‘ylagan reja amalga oshavermaydi. “Bunyodkor”ga qarshi bahsda aynan shunday bo‘ldi. Jamoa o‘z o‘yinini ko‘rsatishda qiyinchilikka duch keldi. Bu borada “Bunyodkor” ham jiddiy qarshilik ko‘rsatganini e’tirof etish lozim.
Lekin “Andijon” yomon o‘yin ko‘rsatgani yo‘q. Bahs boshlarida tezkor gol ham urgandi. Ammo hakamlar Rustam Turdimurodovning golini inobatga olmadilar. Bunga to‘p uning qo‘liga tekkanini sabab qilib ko‘rsatdilar. Agar o‘sh vaziyatda gol inobatga olinganida tabiiyki, o‘yin stsenariysi boshqacha davom etgan bo‘lardi.
Birinchi bo‘limda hisob ochilmadi. Tanaffusdan keyin esa mezbonlar tezkor gol urdilar. “Bunyodkor” futbolchisi Muzaffar Olimjonov jarima maydoni ichida chaqqonlik qilgan holda darvozani ishg‘ol qildi. Andijondan kelgan futbol ishqibozlari butun bahs mobaynida jamoani tinimsiz olqishlab turdilar. Bu borada ular doimgidek faolligini ko‘rsatdilar. Futbolchilar ham vaziyatni o‘zgartirish uchun harakat qildilar. Lekin aksiga olib rejalar o‘xshamadi va 82-daqiqada maydon egalari tomonidan ikkinchi gol kiritildi. Burchak zarbasidan keyin “Bunyodkor” himoyachisi boshi bilan darvozani ishg‘ol qildi.
Shunday qilib, “Andijon” chempionatda safardagi dastlabki mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.
“Bunyodkor” – “Andijon” – 2:0 (0:0).
11 avgust. Toshkent. “Bunyodkor” stadioni. 1358 tomoshabin.
Hakamlar: Nayim Qosimov, Ruslan Samandarov, Amal Sultonov
Zaxira hakami: Sardor Mirodilov
VAR: Ahrol Risqullaev
AVAR: Avaz Abdullaev
Nazoratchi: Timur Abdullaev
Komissar: Qudrat Madraimov
“Bunyodkor”: Marin Lyubich, Momchilo Rasho, Bobur Yo‘ldoshev, Shaxboz Jo‘rabekov (Aziz To‘lqinbekov, 90+1), Temurxo‘ja Abduholiqov (Najmiddin Normurodov, 90+1), Usmonali Ismonaliev, Asadbek Rahimjonov (Frane Kiryak, 80), Itsuka Urata, Amir To‘raqulov, Luis Kachorri, Muzaffar Olimjonov (Andriya Filipovich, 72).
“Andijon”: Igor Litovka, Vladimir Bubanya, Lyubisha Petsel (Abdurahmon Komilov, 68), Abdulvohid G‘ulomov, Islom Mamatkazin, Muhammadkarim Toirov (Damir Temirov, 79), Levan Arveladze, Bektemir Abdumannonov (Shaxrom Samiev, 68), Ilhom Abdug‘aniev, Farhod Sohibjonov (Vagiz Galiulin, 68), Rustam Turdimurodov (Sardor Azimov, 79).
Gollar: Muzaffar Olimjonov, 47 – 1:0. Bobur Yo‘ldoshev, 82 – 2:0.
Ogohlantirishlar: Bobur Yo‘ldoshev, 7 - Muhammadkarim Toirov, 77.
Fikrlar