
"Bunyodkor" xorijda o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
Xabaringiz bor, terma jamoalarning o‘yinlari borligi uchun Superligada tanaffus yuzaga kelgan. FIFA kunlaridan foydalanib qolayotgan "Bunyodkor" klubi xorijda o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, "qaldirg‘ochlar" shu kunlarda Tojikistonning "Xo‘jand" klubi bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishadi. Ushbu bellashuv Tojikistonda o‘tkaziladi.
Ma’lumot o‘rnida "Xo‘jand" klubi 11 sentyabr kuni yurtimizda "Qo‘qon-1912" bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazgandi.
Fikrlar