
"Bunyodkor" yangi "qaldirg‘ochlar"ni e’lon qildi
"Bunyodkor" navbatdagi transferlarni e’lon qildi. Abdumavlon Abdujalilov va Sardor Abdunabiev yangi mavsumni "qaldirg‘ochlar" safida o‘tkazadi.
"Abdumavlon Abdujalilov va Sardor Abdunabiev 2025 yilgi mavsumda “Bunyodkor” libosini kiyadi. Xabaringiz bor, Abdumavlon 2019-2020 yilgi mavsumlarda ham jamoamiz sharafini himoya qilgan, darvozabon to‘rt yillik tanaffusdan keyin yana “qaldirg‘ochlarimiz” safiga qaytmoqda.
2024 yil o‘z hisobiga 5 ta gol yozib qo‘ygan vinger Sardor Abdunabiev endi “Bunyodkor” libosida gollar uradi va jamoamizning g‘alabalariga hissa qo‘shadi, deya yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettiramiz", - deyiladi xabarda.
Fikrlar