Buskets: Chempionlikni “Kamp Nou”da nishonlamoqchimiz

  • 24.04.2019 12:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kataloniyaning "Barselona" klubi xavbeki Serxio Buskets kecha bo‘lib o‘tgan "Alaves"ga (2:0) qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Biz oltin medallarni “Kamp Nou”da yutmoqchimiz. “Alaves” ustidan qozonilgan g‘alaba butun mavsum davomida amalga oshirilgan mashaqqatli ishlarning davomi.

Ushbu chempionlik muxlislarimiz ko‘z oldida sodir bo‘lishini xohlaymiz”, - deydi Buskets.

Eslatib o‘tamiz, agar bugun “Valensi” Madridda “Atletiko” ustidan zafa quchsa, “Barselona” muddatidan avval chempionlikni rasmiylashtiradi. Agar bu voqea sodir bo‘lmasa, “ko‘k-anor ranglilar” 27 aprel kuni o‘z maydonida “Levante”ga qarshi o‘yinda g‘alaba qozonib, chempionlikni “Kamp Nou”da nishonlashlari mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!