
Buskets: Endi bizda Superkubok uchun deyarli imkoniyat qolmadi
Bundan biroz oldin Ispaniya Superkubogi doirasida kechgan “Barselona” xamda “Real” jamoalari o‘rtasidagi bahs yakuniga etdi. Unda madridliklar safarda bo‘lishlariga qaramay, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi va javob o‘yini oldidan yaxshi imkoniyatga ega bo‘lishdi.
Uchrashuvdan so‘ng mezbonlar yarim himoyachisi Serxio Buskets o‘yin borasidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
“O‘z uyimizda 1:3 hisobidagi mag‘lubiyat – juda ham og‘ir. Endi Superkubokni qo‘lga kiritish uchun imkoniyat qolmadi hisob.
Bunday o‘yinlarda, kim birinchi gol kiritsa, o‘sha ustunlik qiladi. “Real” bugun qarshi hujumda ajoyib o‘ynadi.
Hakamning ishiga siz qatori mening ham aralashishga haqqim yo‘q”, – deb aytib o‘tdi Buskets.
Fikrlar