Butsalar qanday vazifani bajaradi

Nike Football Footwear kompaniyasi vitse-prezidenti Maks Blau “Real” hujumchisi Krishtianu Ronalduning nima uchun faqat yorqin ranglardagi butsalarda to‘p surishini aytib o‘tdi.

– Har bir o‘yinchining o‘z yoqtirgan rangi bo‘ladi. Poyabzal ranglari inson ongida kimyoviy jarayonlarni yuzaga keltirishi ilmiy tomondan isbotlanib ham ulgurgan.

Agarda sen o‘zingni yaxshi his qilsang, o‘zing istagan darajada to‘p surishing mumkin. Butsalarning asosiy vazifasi esa, o‘yinchiga o‘ziga bo‘lgan ishonchni baxsh etishdir.

Masalan, Ronaldu qora rangdagi poyabzallarni yoqtirmaydi. Uning aytishicha, qora rang harakatni sekni ko‘rsatadi. U esa tezlikni his qilishni istaydi, – deydi mutaxassis Goal.com nashriga bergan intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!