Butun Angliya "Liverpul"ga muxlislik qilyaptimi? Klopp Gvardiolaning so‘zlariga fikr bildirdi

  • 9 may, 2022, 20:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Manchester Siti" ustozi Xosep Gvardiolaning “mersisaydliklar”ga butun Angliya muxlislik qilayotgani haqidagi so‘zlariga izoh berdi.

"Men "Liverpul"da yashayman va shuning uchun ko‘pchilik muxlislar g‘alaba qozonishimizni xohlaydi deb ayta olaman. Lekin bu erda ham bu ko‘rsatkich 50 foiz.

Gvardiola qanday holatda bo‘lganini bilmayman. Albatta, Chempionlar ligasidan chiqib ketishni qabul qilish oson emas. “Liverpul” esa finalda.

Bizni butun mamlakat qo‘llab-quvvatlayaptimi, bilmayman. Boshqa shaharlarda menda teskari taassurot bor edi. Balki Pep bu haqda mendan ko‘ra ko‘proq bilar...”, - dedi germaniyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, 28 may kuni "Liverpul" Chempionlar ligasi finalida "Real"ga qarshi o‘ynaydi. Uchrashuv Parijda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!