
"Butun dunyo Konor - Pakyao jangini ko‘rmoqchi"
UFC ikki divizionining sobiq chempioni Konor MakGregorning menejeri Odi Attar jangchini boks bo‘yicha WBA yo‘nalishi chempioni Menni Pakyaoga qarshi bahslashishga tayyor bo‘lishini ma’lum qildi.
"Pakyao va Konor o‘rtasidagi jang haqida nima ham deyishim mumkin? Avval, 23 yanvar kuni Dastin Porega qarshi bellashuvni o‘tkazib olish kerak. Biroq, Konor Menniga, Menni esa Konorga qarshi jang qilishni istayapti.
Ha, biz muzokara o‘tkazdik, bu jangni tashkillashtirmoqchimiz. Chunki, har ikki jangchi va hattoki, butun dunyo buni xohlayapti," - dedi Attar.
Fikrlar