Butun Italiyanı sharmanda qildi! “Inter” qattiq tanqidga uchrayapti
Evropa Chempionlar ligasining pley-off bosqichida Norvegiyaning “Budё-Glimt” klubiga ikki oʻyinda ham magʻlub boʻlib, musobaqani erta tark etgan “Inter” keskin tanqidlarga uchradi.
Srvuq oʻlkada oʻtkazilgan dastlabki uchrashuvda 1:3 hisobidagi vaziyatdan keyin milanliklar oʻz maydonida vaziyatni oʻnglashi kutilgan edi. Ammo raqiyu “Juzeppe Meazza” stadionida ham “Inter”ni tiz choʻktirdi.
Manuèl Akanjining qoʻpol xatosidan keyin Yens-Petter Heuge 58-daqiqada hisobni ochdi. 72-daqiqaga kelib, Hokon Evьen mezbonlar darvozasini qoʻriqlagan Yan Sommerni yana ojiz qoldirdi.
Qolgan daqiqalarda Alessandro Bastoni hisobdagi farqni bitta qisqartirgan boʻlsa-da, ikki oʻyin natijasiga koʻra, norvegiyaliklar 5:2 hisobida zafar quchdi.
Uchrashuvdan keyin “Inter” sardori Nikolo Barella jamoani oqlashga urindi.
- “Budё-Glimt” ikkala oʻyinda ham gʻalaba qozondi, demak ular keyingi bosqichga loyiq. Aslida ular bizga katta muammo tugʻdirmadi, biz individual xatolar tufayli gol oʻtkazib yubordik. Maqsadimiz barcha turnirlarda kurashish edi, lekin ular yaxshiroq oʻynadi, - dedi Barella.
Bosh murabbiy Kristian Kivu esa matbuot anjumanida shunday dedi:
“Biz juda yaxshi tashkil etilgan jamoaga qarshi hamma narsani sinab koʻrdik. Afsuski, bugun bizdan koʻra ancha shiddatli jamoaga duch keldik va ularni tabriklashimiz kerak”.
Italiya matbuoti mamlakat futboli inqirozda, deb bong urmoqda. Amaldagi chempion “Napoli” Evropa Chempionlar ligasining umumiy bosqichdan oʻtolmadi. “Yuventus” pley-offning birinchi uchrashuvida “Galatasaroy”dan 2:5 hisobida magʻlubiyatga uchragan va javob oʻyinidan moʻjiza utyapti.
“Atalanta” birinchi uchrashuvda Dortmunddan 0:2 hisobidagi magʻlubiyat qaytgan va Bergamodagi javob oʻyinida ularga oson boʻlmaydi.
Kўpchilik finalga yetib borishini bashorat qilgan “Inter” futbolchilari esa, endi bor eʼtiborini ichki musobaqalarga qaratadi.

Fikrlar