
Buuumm! Saul Alvares navbatdagi jangini Gennadiy Golovkinga qarshi o‘tkazadi. Jang sanasi ham aniq bo‘ldi
Professional boksning super o‘rta vazn toifasida (76,2 kg) mutlaq jahon chempioni bo‘lib tutgan Saul Alvares navbatdagi jbahsini 17 sentyabr kuni Gennadiy Golovkinga qarshi o‘tkazadi. Alvares 7 may kuni yarim o‘g‘ir vaznga (79,3 kg) ko‘tarilib, WBA chempioni Dmitriy Bivoldan mag‘lubiyatga uchragan edi. Ular o‘rtasida revansh jangi bo‘lib o‘tishi ham belgilangan. Ammo, Saul Alvares dastavval Gennadiy Golovkinga qarshi uchinchi jangda ishtirok etib, so‘ngda Bivol bilan revansh o‘tkazishni rejalashtirgan.
Eslatib o‘tamiz, hozirda Gennadiy Golovkin o‘rta vazn toifasida (72,5 kg) WBA va IBF chempioni hisoblanadi va Kanelo bilan jang uchun vazn ko‘taradi. U mag‘lubiyatga uchragan taqdirda ham kamarlari o‘zida saqlanib qoladi. G‘alabaga erishsa, super o‘rta vazn toifasida mutlaq jahon chempionligini Sauldan tortib oladi.
Fikrlar