"Buxoro" bosh murabbiyi: Hakamlarning xatolari jamoa ruhiyatini sindirmoqda
"O‘yin haqida nima deyishim mumkin? Biz bugun yaxshi o‘yin ko‘rsata olmadik! Ha, "Qo‘qon -1912" jamoasi g‘alaba qozondi, darvozamizga uchta to‘p kiritildi. Birinchi golga kelsak, raqib futbolchisi tomonidan to‘p maydon tashqarisiga chiqib ketdi, erkin to‘p tepilishi kerak bo‘lgan bu vaziyatda, yordamchi hakam burchak to‘pi tepish nuqtasini ko‘rsatdi. To‘p tepildi, qoida buzildi va gol! Qiziq...
Hakamlarning "xatolari" jamoa ruhiyatini sindiryapti. Birinchi turda hamma joyda futbol o‘ynashga qo‘yib beriladi", - deya tojikistonlik mutaxassisning so‘zlarini keltirib o‘tdi klub matbuot xizmati.

Fikrlar