"Buxoro" klubida yangi mavsum oldidan taqdimot marosimi o‘tkazildi

  • 19 mart, 2021, 19:04
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Buxoro shahridagi “Saxid Zarafshon” mehmonxonasining anjumanlar zalida “Buxoro” jamoasining yangi futbolchilarini tanishtiruv marosimi o‘tkazildi.

Tanishtiruv marosimini Buxoro viloyati hokimi, Buxoro futbol federatsiyasi prezidenti Botir Zaripov ochib berdi. So‘z avvalida Respublikamizda millionlar o‘yini bo‘lmish futbolga bo‘lgan e’tibor uchun hukumatimiz rahbariyatiga minnatdorchilik bildirdi.

buxoro2_5

Binobarin, yurtimizda keyingi yillarda sportga, ayniqsa, katta futbolga bo‘lgan e’tibor kuchayib boryapti. Afsuski, o‘tgan yili “Buxoro” jamoasi Superligani tark etdi. Bu holat shaxsan viloyat hokimiga ancha yoqimsiz bo‘lganligini bildirdi. Buxoro futboli mavqeini ko‘tarish uchun barcha salohiyatlar ishga tushirilishi, nasib qilsa, yil so‘nggiga qadar Superligaga yo‘llanma olish uchun jamoa oldiga shuni vazifa qilib qo‘ygani, qanday echilmagan muammolar bo‘lsa, shaxsan o‘zi yordamini ayamasligini bildirdi.

buxoro3_1

So‘ngra, so‘z jamoa bosh murabbiyi Davron Fayzievga berildi. Fayziev o‘z so‘zida Buxoro shahri jamoasiga bosh murabbiylik qilishi sharaf ekanligini, shogirdlari ham ma’suliyatni his qilib, yaxshi o‘ynab, har qanday raqibga qarshi “jang” qilishga tayyor ekanini, bir paytlar “Buxoro” muxlislari Respublikada etakchi, uy uchrashuvlarida muxlislar soni bo‘yicha Namangan, Qashqadaryo ishqibozlari bilan raqobatda bo‘lganini esladi. Jamoa uchun muxlislarni qo‘llab-quvvatlashi kerakligini, ularni xursand qilish uchun qo‘ldan kelgan barcha ishni qilishiin aytdi.

Marosim oxirida jamoaga yangi kelib qo‘shilgan futbolchilarga ularning familiyalari tushirilgan formalar tantanali ravishda topshirildi. Ushbu o‘yinchilar yangi mavsumda quyidagi raqamlarda to‘p surishadi:

buxoro4

1. Raxat Japparov, 3. Azamat Isroilov, 6. Bobur Qosimov, 9. Davron Isoqov, 10. Shavkat Salomov, 11. San’at Shixov, 13. Amir Safarov, 14. Rustam Abduhamidov, 15. Shoxruh Xolmatov, 16. Alisher Sanoev, 18. Qahramon Bahodirov, 22. Abdujamol Isroilov, 24. Jasur O‘rinov, 34. Hakimxon A’lamxonov, 65. Marko Milich.

"Buxoro" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!