
Buyuk Britaniya terma jamoasining mashhur shifokori taqiqlangan moddalarni saqlashda gumon qilinmoqda
Richard Friman Buyuk Britaniyaning velosport bo‘yicha terma jamoasi va Sky jamoasi – mamlakatning eng nufuzli veloklubida faoliyat yuritgan, endi esa u doping ishi bo‘yicha tergov ostida.
Sky jahonning bosh velojamoasi bo‘lib Buyuk Britaniyaning faxri bo‘lib qolmoqda. Bu jamoaning poygachilari barcha grand-turlarda g‘olib bo‘lishgan (ayniqsa «Tur de Frans» poygalarida), ular Olimpiya medallarini qo‘lga kiritgan, Bredli Uiggins va Kris Frum haqida esa, hatto sportdan uzoq insonlar ham eshitgan superyulduzlardir. Ammo hozir jamoa doktoriga nisbatan tergov ishi qo‘zg‘atilib, butun Britaniya velosportiga soya tashlandi. Jamoa sobiq shifokoriga tegishli buyumlar orasida 30 testosteron qadog‘i topilgan, ularni saqlash maqsadini u tushuntirib berolmagan.
Fikrlar