Chalxanogluning agenti uni "Yuventus" yoki "Inter"ga "o‘tkazmoqchi"

  • 17 noyabr, 2020, 22:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Milan” yarim himoyachisi Xakan Chalxanoglu jamoani tark etishi mumkin.

Tuttosport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, turkiyalik futbolchining agenti Gordon Stipich “rossonerilar” bilan shartnomasi nihoyalanib borayotgan mijozining xizmatlarini “Yuventus” va “Inter”ga taklif qilgan. Gap shundaki, Chalxanogluning “Milan” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi va shu sababli, 1 yanvardan boshlab, u boshqa jamoalar bilan muzokaralar o‘tkazish huquqiga ega bo‘ladi.

“Milan” ham agentning bu harakatlaridan so‘ng, Chalxanogluga yillik 6 mln evro maosh taklif qilmoqda. Uning ayni damdagi maoshi 2,5 mln evroni tashkil etadi.

26 yoshli Xakan joriy mavsum A Seriyada 7 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golga assistentlik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!