
Charm qo‘lqop ustalarimiz “Dracula” turnirini “yondirishdi”
15-23 fevral kunlari Ruminiya davlati yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida “Dracula” ochiq turniriga mezbonlik qildi. Ushbu musobaqada esa, Sirojiddin Naimov boshchiligida jamoamizdan 4 nafar bokschi ishtirok etdi. Quvonarlisi, vakillarimiz 3 ta oltin va 1 ta kumush medallarini qo‘lga kiritdilar. Umumjamoa hisobida 35 nafar bokschi bilan ishtirok etgan Qozog‘iston terma jamoasi birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, songa emas sifatga urg‘u bergan charm qo‘lqop ustalarimiz ikkinchi bo‘ldi. Mezbonlar bu safar uchlikda qolishdi.
Qayd etish joiz, 20 davlatdan 300 ga yaqin bokschi va ayrim jamoalar 30 dan ortiq sportchi bilan ishtirok etishsa ham, terma jamoamiz doimgidek "O‘zbek boksi"ni jahonda tengsizligini isbotlab qo‘yishdi.
Musobaqaning eng yaxshi bokschisi sovrini ham bizning vakilga topshirildi. - 63 kg vaznda chempionlikni qo‘lga kiritgan Saidxo‘ja Sa’dillaxo‘jaev barchadan ustun ko‘rildi.
G‘oliblar va sovrindorimiz bilan tanishing:
Oltin medal:
-54 kg: Bobomurod Boymirzaev
-60 kg: Abrorbek Sharipov
-63 kg: Saidxo‘ja Sa’dillaxo‘jaev
Kumush medal:
-57 kg: Asilbek Abduqodirov
Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar berdi.
Fikrlar