
“Chelsi” 12 futbolchidan voz kechdi. Ular orasida yulduzlar bor!
Express nashri “Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel yozda 12 nafar futbolchi bilan xayrlashishga tayyor ekani haqida xabar tarqatdi.
Ketishi kerak bo‘lgan futbolchilar orasida transferga qo‘yiladiganlar, ijaraga beriladiganlar va shartnomasi yakunlanib, erkin agent sifatida ketadiganlar ham bor.
Ma’lumotlarga qaraganda, mavsum yakunlanishi bilan “Chelsi” Sesar Aspilikueta, Antonio Ryudiger, Andreas Kristensen, Kepa Arrisabalaga, Ross Barkli, Ruben Loftus-Chik, Timo Verner, Kristian Pulishich, Hakim Ziesh, Jorjino, Ngolo Kante va Markos Alonso bilan xayrlashishga qaror qilgan.
Mutaxassislar “aristokratlar” tarkibni yangi ijrochilar bilan kuchaytirishga qaror qilgani bois, bir guruh o‘yinchilarning ketishiga qarshilik qilmasligini bildirdi.
Fikrlar