"Chelsi" 50 million funt sterlingga futbolchi olyapti
"Chelsi" "Brayton" himoyachisi Mark Kukurelya transferini hal qilish arafasida.
London klubi 24 yoshli futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Agar "aristokratlar" "Brayton" bilan kelisha olsa, ispaniyalik futbochli London klubining taklifini qabul qiladi. Bugun ikki jamoa o‘rtasida so‘nggi muzokaralar bo‘lib o‘tadi va katta ehtimol bilan Markning kelajagiga aniqlik kiritiladi.
Avvalroq, "Chelsi" Kukurelya uchun 50 million funt sterling to‘lashgi tayyorligi haqida xabarlar chiqayotgandi.

Fikrlar