
“Chelsi” atigi ikkita gol urgan hujumchi bilan sakkiz yillik bitim tuzdi
“Chelsi” klubi Braziliya chempionati vakili “Santos”dan 18 yoshli hujumchi Deyvid Vashingtonni sotib oldi.
Taniqli insayder Fabritsio Romano londonliklar iste’dodli futbolchi uchun 16 million evro to‘lagani va yana 4 million evroni bonuslar ko‘rinishida Braziliya klubiga o‘tkazib borishini ma’lum qildi.
“Chelsi” Vashington bilan 7+1 ko‘rinishida, umumiy sakkiz yillik shartnomaga imzo chekdi.
Deyvid Vashington shu yilning aprel oyida “Santos” safida debyut qilgandi. Umumiy hisobda yosh hujumchi 16 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasini ikki marotaba ishg‘ol qilgan.
Fikrlar