“Chelsi” barcha davrlar uchun klubning yangi rekordini o‘rnatdi

  • 21 dekabr, 2024, 11:49
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” futbolchilari Evropa miqyosidagi nufuzli musobaqalardan biri – Konferentsiyalar ligasi umumiy bosqichining so‘nggi uchrashuvida Irlandiyaning “Shemrok Rovers” jamoasini 5:1 hislbida mag‘lubiyatga uchratdi.

Shu tariqa, “aristokratlar” qt’a miqyosidagi musobaqaning guruh bosqichidagi oltita uchrashuvning barchasini o‘z foydasiga hal qildi va umumiy bosqichda 18 ochko jamg‘argan holda birinchi o‘rin bilan pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Bunaqasi “Chelsi” tarixida birinchi marotaba yuz berdi va barcha davrlar uchun klubning yangi rekordi sifatida qayd etildi.

Avvalgi eng yaxshi natija 2028-2019 yilgi mavsumda qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda londonliklar Evropa ligasida guruhdagi oltita uchrashuvning beshtasida g‘olib chiqqan va bir bor durang o‘ynagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!