
“Chelsi” “Barselona”ga bu futbolchi yaxshigina pul taklif qilmoqda
“Barselona” himoyachisi Jyul Kunde qishda klubni tark etishi mumkin.
“Diario Sport” nashri xabar qilishicha, 25-yoshli futbolchini “Chelsi” xarid qilmoqchi. Manbada yozilishicha, londonliklar kotaloniya klubiga 60 million evro taklif qilmoqchi.
APL klubi Kundega qiziqishiga sabab, jamoa sardori Ris Jeyms juda ko‘p jarohat olishi bo‘lmoqda.
Kunde 2022 yilda “Sevilya”dan “Barsa”ga ko‘chib o‘tgan edi. Joriy mavsumda u La Ligada 5 ta uchrashuvda 1 gol va bitta golli uzatma amalga oshirishga muvoffaq bo‘ldi.
Jyulning amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan. “Transfermarkt” portali uni 45 million evroga baholamoqda.
Fikrlar