"Chelsi" bosh murabbiyi: "Mening jamoam to‘g‘ri yo‘nalishda"

  • 29 avgust, 2024, 21:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Entso Mareska transferlar tufayli "Chelsi"ni o‘z yo‘nalishida ketayotgan klub deb hisoblaydi.

"Aytishim mumkinki, bu aqldan ozgan klub emas. Bu jamoaga kelganimdan beri hamma bir yo‘nalishda ishlamoqda. Klub bilan birgalikda yangi o‘yinchilar bilan shartnoma imzolashga qaror qildik. Biz shunday qarorga kelganimiz uchun aqldan ozgan klub hisoblanmaymiz.

Oldin nima bo‘lganiga baho berish men uchun juda qiyin. Chunki men bu erda bo‘lmaganman. Shuning uchun men bu haqda zarracha tasavvurga ega emasman.

Lekin endi men hozir shu erdaman. Klubning maqsadi haqida aniq yo‘nalishga egaman. Shu sababli biz ideal yo‘nalishdamiz", - dedi Entso Mareska.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!