“Chelsi” bu futbolchini olti yil kutdi

  • 23 dekabr, 2022, 09:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Taniqli jurnalist Saymon Fillips “Chelsi” klubi o‘zi olti yil kutgan futbolchini yangi xo‘jayin Todd Byoli davrida qo‘lga kiritish imkoniga ega bo‘lganini yozmoqda.

Tecno

“Aristokratlar” bir necha yil davomida Joau Feliksni o‘z safiga qo‘shib olishni orzu qilib kelayotgandi. Portugaliyalik futbolchi “Benfika” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Hozirgi jamoasi “Atletiko” futbolchini 2019 yili 127 million evroga sotib olgan. 23 yoshli futbolchi Madriddan ketishga tayyor. U Diego Simeone jamoasida muhim figuraga aylana olmadi.

“Chelsi” Joau Feliksni qo‘lga kiritishi uchun 86 million funt atrofida xarajat qilishi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!