
“Chelsi” bu o‘yinchilardan tez qutilmasa bo‘lmaydi
FIFA kiritgan yangi qoidalar “Chelsi”ga tez orada ijarada o‘ynayotgan to‘rt futbolchisini sotib yuborish majburiyatini yukladi.
Yangi qarorga ko‘ra, 2022 yilning yozidan boshlab, klublar o‘yinchilarning ijarasi bo‘yicha cheklovlarga amal qilishi shart bo‘ladi. Unga ko‘ra, hozircha klublar ko‘pi bilan sakkiz nafar futbolchini ijaraga berishi yoki olishi mumkin.
2023 yili bu ko‘rsatkich ettitaga, yana bir yildan so‘ng oltitagacha qisqaradi.
Bu qaror har yili ko‘plab o‘yinchilarni ijaraga beradigan “Chelsi”ga kutilmagan zarba bo‘rdi. Endi “aristokratlar” kamida to‘rt o‘yinchisini sotib yuborishi kerak. Klub birinchi navbatda, asosiy tarkibga kirolmagani uchun ijaraga jo‘natilgan Batshuayi, Raxman, Miazga va Bakayokoni sotib yuboradi.
Fikrlar