“Chelsi” chempionlikni “sotib olmoqchi”

  • 6 oktabr, 2020, 11:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

«Chelsi» chempionlikka erishish uchun transferlarga ayamay pul sarfladi. Yozgi transferlar vaqtida londonliklar bosh murabbiyi Frenk Lempard klub xo‘jayini Roman Abramovichni 247,2 million evro sarflashga majbur qildi.

Lempardning rejasiga ko‘ra, yangi olingan 7 nafar futbolchi – Kay Xaverts («Bayer», € 80 mln), Timo Verner («RB Leyptsig», € 53 mln), Ben Chilluel («Lester», € 50,2 mln), Hakim Ziesh («Ayaks», € 40 mln) va  Eduard Mendi («Renn», € 24 mln) va erkin agent sifatida kelgan Malang Sarr va  Tyago Silva jamoaning chempionligini ta’minlab berishi kerak.

Transferlarga eng ko‘p mablag‘ sarflagan jamoalar uchligiga «Chelsidan tashqari, 156,8 million evrodan voz kechgan «Manchester Siti» va 124 million evro xarajat qilgan «Barselona» tashkil qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!