“Chelsi” futbolchi tanlashda adashdi
Bundesligadagi to‘purarlik mahorati bilan “Chelsi”ga ko‘chib o‘tgan Timo Verner yangi jamoasini tezroq tark etishni istamoqda.
25 yoshli hujumchi “Leyptsig”dan kelganidan beri o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlay olmayapti. Garchi Timoning o‘yini Tomas Tuxel kelganidan keyin kuchaygan bo‘lsa-da, undan kutilayotgan natijani qayd eta olmayapti.
O‘tgan mavsumda Bundesligada 28 ta gol va sakkizta golli pas muallifi bo‘lgan hujumchi Angliya premer-ligasida atigi beshta to‘p kiritib, yana shuncha assistni amalga oshirdi xolos.
Qolaversa, Tomas Tuxel ham hamyurti o‘yinida ijobiy o‘zgarish bo‘lmasa, u yozda transferga qo‘yilishini ma’lum qildi.
Fikrlar