"Chelsi" futbolchisi Turkiya chempionatiga yo‘l oladi

  • 6 yanvar, 2021, 17:56
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turkiyaning "Kasimpasha" klubi "Chelsi" yarim himoyachisi Denni Drinkuoterni mavsum so‘nggiga qadar ijaraga olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda "beIN Sports" xabar tarqatdi.

Tecno

Manbaning xabariga ko‘ra, tomonlar transfer bo‘yicha allaqachon kelishuvga erishgan. Tez orada turk klubi Drinkuoter bilan shartnoma imzolaganini rasman e’lon qiladi. 

Joriy mavsum xavbek "arristorkratlar" safida birorta o‘yinda maydonga tushmadi. Uning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilgacha mo‘ljallangan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!