
“Chelsi” futbolchisiga raqib jamoada o‘ynashi uchun katta pul to‘laydi
Rahim Sterling yozgi transfer oynasining so‘nggi daqiqalarida “Chelsi”ni tark etib, “Arsenal”ga yo‘l oldi. “Kanonirlar” 29 yoshli futbolchini ijara asosida o‘z saflariga qo‘shib olishdi.
“The Athletic” xabariga ko‘ra, "Arsenal" Sterlingning maoshining kichikroq qismini to‘laydi. "Chelsi" esa futbolchiga maoshining katta qismini to‘lashda davom etadi.
Xabarlarga ko‘ra, Rahim Sterling "Chelsi" bilan shartnomasiga ko‘ra haftasiga 300-350 ming funt maosh oladi. Sterling "aristokratlar" safida 81 ta o‘yin o‘tkazib, 19 ta gol urgan va sheriklari uchun 12 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikrlar