"Chelsi" himoyachisi: Kaysedo o‘zi uchun sarflangan har bir funtga arziydi

  • 25 avgust, 2023, 07:40
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan mavsumni "Brayton"da ijara asosida o‘tkazgan qanot himoyachisi Levi Koluill "Chelsi"ning yangi xaridi hisoblangan Moyses Kaysedo haqida fikr bildirdi. 

"O‘tgan mavsumda uni kuzatgan har bir kishi uning qanchalik yaxshi futbolchi ekanligini biladi. U o‘ziga sarflangan har bir funtga arziydi. Kaysedo Premer-liga va dunyoning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri bo‘ladi. Bunga shubha qilmayman", - dedi 20 yoshli himoyachi. 

Qayd etish lozim, London grandi uni "chaykalar"dan 115 million funt sterling evaziga o‘z tarkibiga qo‘shib oldi. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!