"Chelsi" hujumchisi A Seriya klubiga o‘tishi mumkin

  • 05.08.2021 11:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning "Chelsi" klubi hujumchisi Temmi Abraxam faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Janluka Di Martsio xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 23 yoshli ingliz futbolchisiga “Atalanta” jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bergamoliklar uni "Inter"ga o‘tishi kutilayotgan Duvan Sapataga munosib o‘rinbosar sifatida qarashmoqda.

Abraxam o‘tgan mavsum "Chelsi" safida jami 32 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 12 ta gol hamda 6 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Temmining “aristokratlar” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!