“Chelsi” ikki mashhur futbolchidan voz kechdi

  • 1 avgust, 2021, 21:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” rahbariyati ikki mashhur himoyachi – Kurt Zuma va Antonio Ryudigerni sotib yuborish bo‘yicha Toma Tuxeldan ruxsat oldi.

Tecno

Aslida germaniyalik mutaxassis o‘z hamyurti Ryudigerni jamoada olib qolmoqchi edi. Biroq, klub rahbariyati yangi shartnoma muhokamasi jarayonida futbolchining turli “qiliqlari”dan norozi bo‘ldi va uning agentlariga futbolchi sotib yuborilishini ma’lum qildi.

Kurt Zuma masalasi esa, chempionat oxirida hal bo‘lgan. O‘shanda Tomas Tuxel klub rahbariyatiga frantsiyalik himoyachiga ortiq ishonch bildirmasligini ma’lum qilgan.

Londonliklar himoya markazida Ispaniya chempionatida porlayotgan frantsiyalik himoyachi Jyul Kundeni olib kelishni rejalashtirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!