“Chelsi” Ispaniya va O‘zbekiston o‘yinida qatnashgan futbolchini olmoqchi

  • 31.07.2024 07:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Chelsi” har doimgidek transfer bozoridagi faolligini davom ettirmoqda. “Aristokratlar” yoz ichi yana bir necha yangi o‘yinchilarni oliib kelmoqchi.

Taniqli insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, londonliklar ikki pozitsiyaga o‘yinchi qidiryapti. Ular jamoaga markaziy hujumchi va qanot hujumchisi qidiryapti.

Manbaga ko‘ra, “Chelsi” mutasaddilari nazari “Atletiko” forvardi Samu Omorodionga tushgan. Madridliklar iqtidorli o‘yinchini saqlab qolish maqsadida, xaridorlardan 70 million evro miqdorida badal puli talab qilyapti.

Samu Omorodionning o‘zi hozir Ispaniya terma jamoasi safida Parij Olimpiadasida ishtirok etmoqda. Bu o‘yinchi ochilish uchrashuvida O‘zbekistonga qarshi zaxiradan maydonga tushirildi va bahsni sariq kartochka bilan yakunladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!