“Chelsi” jahon chempionati qahramonlaridan birini oladi

  • 2 dekabr, 2022, 13:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Ayaks”ning hujumkor futbolchisi Muhammad Qudus faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Gana milliy terma jamoasi safida Qatardagi jahon chempionatida ishtirok etayotgan 22 yoshli o‘yinchi o‘zining eng yaxshi xislatlarini namoyish etib kelmoqda. Muhammad Janubiy Koreya darvozasini ikki marta ishg‘ol qilib, jamoasining 3:2 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.

Muhammadni Evropaning bir necha klubi, xususan “Chelsi” o‘z safida ko‘rmoqchi. O‘z maqsadiga etish uchun “aristokratlar” PSJ va “Liverpul” bilan kuch sinashishiga to‘g‘ri keladi.

Qudusning “Ayaks” bilan shartnomasi 2025 yilning yarmigacha davom etadi. Joriy mavsumda 14 ta uchrashuvda beshta to‘p kiritgan hujumchi 15 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!