“Chelsi” katta transferdan quruq qoldi

  • 01.09.2022 20:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Chelsi” yozgi transferlar oynasini 90 million evrolik katta transfer bilan yopmoqchi edi. Tomas Tuxel o‘z jamoasiga “Leyptsig” vakili Yoshko Gvardiolni qo‘shib olishni rejalashtirgandi.

Bundesliga klubi himoyachi uchun katta pul tikilganiga qaramay, uni qo‘yib yuborishni istamadi.

- Gvardiol jamoamizda qolganini e’lon qilyapman. Katta ehtimol bilan u kelasi mavsumni ham shu erda o‘tkazadi, - dedi “Leyptsig” bosh direktori Oliver Minttslaff.

20 shli xorvatiyalik himoyachining “buqalar” bilan shartnomasi 2026 yilning yarmigacha davom etadi. O‘tgan mavsumda u 29 marta maydonga tushib, ikkitadan gol va assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!