“Chelsi” katta xarajat qilib qo‘ydi

  • 2 sentabr, 2022, 19:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” klubi Angliya premer-ligasi klublari o‘rtasida yozgi transferlar oynasi davrida eng katta xarajat qilgan jamoa bo‘ldi. Bu haqda Sky Sports nashri xabar tarqatdi.

Manbaning ta’kidlashicha, yangi xo‘jayin qo‘l ostiga o‘tgan “aristokratlar” yozda jami 322 million evrolik transferni amalga oshirgan. Bu futbol tarixida bitta transferlar oynasidagi eng katta chiqim sifatida qayd etildi.

Tomas Tuxel tarkibni kuchaytirish uchun Kalidu Kulibali, Rahima Sterling, Karni Chukvuemeka, Mark Kukurelya, Uesli Fofana, Per-Emerik Obameyang va Denis Zakariya kabi yangi futbolchilarga ega bo‘ldi.

“Chelsi” Angliya premer-ligasida beshinchi tur yakunlariga ko‘ra, etti ochko bilan o‘ninchi o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!