
"Chelsi" Lempard bilan kelishuvga erishdi
"Chelsi" yangi bosh murabbiy bo‘yicha bir qator nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda. Avvalroq, Luis Enrike bilan bo‘lgan muzokaralar haqida xabarlar chiqdi. Ma’lum bo‘lishicha, "aristokratlar" yangi mutaxassisni kelasi mavsumdan ish boshlashini istamoqda.
Klubni vaqtinchalik Frenk Lempard boshqarib turadi, deya yozmoqda "The Athletic" nashri. U London jamoasi bilan shaxsiy kelishuvga erishdi va bu haqda tez orada rasmiy ma’lumotlar berilishi kutilmoqda.
Lempard 2019-2021 yillar oralig‘ida "Chelsi"ni boshqargan. U shu paytgacha "Everton"da ham ishlashga ulgurdi. Ayni dam ishsiz bo‘lib turgan murabbiy qo‘l ostida klub yaxshi natijalar qayd etsa, qolish ehtimoli mavjud.
Fikrlar