"Chelsi" mehmonda Mauntning dubli evaziga "Aston Villa"ni mag‘lub etdi

  • 16.10.2022 20:25
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

Angliya Premer ligasi 11-turidan o‘rin olgan "Aston Villa" - "Chelsi" uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda mehmonlar 2:0 hisobida zafar quchdi.

Londonliklarning har ikki goliga Meyson Maunt mualliflik qildi. Dastlab 6-daqiqada raqib himoyachilarining xatosidan unumli foydalangan pleymeyker ikkinchi bo‘limda jarima zarbasidan raqib postini ishg‘ol etdi. 

Shu tariqa, "aristokratlar" ochkolari sonini 19 taga etkazib oldi. Birmingemliklar hisobida 9 ochko mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!