
"Chelsi" MYu futbolchisi uchun taklif tayyorlayapti
"Chelsi" hujum chizig‘ini kuchaytirish ustida ishlamoqda. Nufuzli insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, London klubi "Manchester Yunayted"ga Alexandro Garnacho uchun taklif tayyorlamoqda.
Qayd etilishicha, "qizil iblislar" argentinalik futbolchiga 70 million evro narx belgilagan. Shu bilan birga, Garnachoga "Napoli" ham qiziqish bildirmoqda, biroq A Seriya klubining 50 million evrolik taklifi rad etilgan. Shundan so‘ng, neapolliklar "Borussiya"dan Karim Adeyemi bo‘yicha muzokaralarni boshlagan.
2024/2025 yilgi mavsumda Alexandro Garnacho 32 o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va jamoadoshlariga 5 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Fikrlar