“Chelsi” o‘ziga kerakmas futbolchini “Bavariya”ga bermadi
“Bavariya” mutasaddilarining “Chelsi” himoyachisi Trevo Chalobani o‘z safiga qo‘shib olish uchun qilgan harakatlari bekor ketdi.
Londonliklar myunxenliklarning bir necha taklifini qabul qilmadi. Chunki “Bavariya” bu o‘yinchini faqat ijaraga olishini bildirgandi. “Aristokratlar” Chalobani boshqa klubga to‘liq transfer qilmoqchi.
Chaloba klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Orada ma’lum muddat “Ipsvich”, “Xaddersfild” va Frantsiyaning “Loryan” kabi jamoalarida ijarada o‘ynagan.
U Chelchi” asosiy tarkibida jami 63 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasini to‘rt bor ishg‘ol qilgan.
Transfermarkt portali 24 yoshli futbolchini 18 million evroga baholamoqda.

Fikrlar